Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
Sevdim - yuragimda dog`lar qolmadi,
Izmimda ong degan bog`lar qolmadi.
Afsus, eslagulik chog`lar qolmadi.
Faqat unutolmay qiynaladigan
Mahzun lahzalardan ozroq yaratdim.
Qara bu chehramga, yuzlar boqadi,
Lavhdan sir tutilgan so`zlar boqadi.
Eng ma`yus, samimiy ko`zlar boqadi.
Bor mehrim ko`zimga simirib olib
Hali hech kimda yo`q nigoh yaratdim.
Tuyg`ular o`ldilar, dardlar o`ldilar,
Va`dalar o`ldilar, shartlar o`ldilar.
Sofliklar o`ldilar, gardlar o`ldilar,
Barcha murdalarga tanimdan yakka
"Telba" deb atalgan arvoh yaratdim.
Erkam, erkatoyim, oh erkaginam,
Munisam, ojizam, ma`sumaginam.
Qachondir kimgadir dil bersang sen ham
O`tinchim adashma..adashma, mana
Sen uchun o`zimdan saboq yaratdim.
Baxtga loyiq qiz yo`q sendek chinakam,
She`rimga arzimas boshqa hech sanam.
Butun bir tun isrof qilib bo`lsa ham
Musaffo, oq hislar yozmoq bo`ldim-u,
Va lekin qop-qora varoq yaratdim..
2012
Sevdim - yuragimda dog`lar qolmadi,
Izmimda ong degan bog`lar qolmadi.
Afsus, eslagulik chog`lar qolmadi.
Faqat unutolmay qiynaladigan
Mahzun lahzalardan ozroq yaratdim.
Qara bu chehramga, yuzlar boqadi,
Lavhdan sir tutilgan so`zlar boqadi.
Eng ma`yus, samimiy ko`zlar boqadi.
Bor mehrim ko`zimga simirib olib
Hali hech kimda yo`q nigoh yaratdim.
Tuyg`ular o`ldilar, dardlar o`ldilar,
Va`dalar o`ldilar, shartlar o`ldilar.
Sofliklar o`ldilar, gardlar o`ldilar,
Barcha murdalarga tanimdan yakka
"Telba" deb atalgan arvoh yaratdim.
Erkam, erkatoyim, oh erkaginam,
Munisam, ojizam, ma`sumaginam.
Qachondir kimgadir dil bersang sen ham
O`tinchim adashma..adashma, mana
Sen uchun o`zimdan saboq yaratdim.
Baxtga loyiq qiz yo`q sendek chinakam,
She`rimga arzimas boshqa hech sanam.
Butun bir tun isrof qilib bo`lsa ham
Musaffo, oq hislar yozmoq bo`ldim-u,
Va lekin qop-qora varoq yaratdim..
2012
No comments:
Post a Comment