Sunday, March 29, 2015

Men telbaga aylanib qoldim

Men telbaga aylanib qoldim,
Ishonmasang o`zimdan so`ra.
Men aqlimni yo`qota oldim,
Lek sevgim asrab qoldim, zo`r-a?!

Men soqovlar bilan gaplashdim,
Karlarga so`yladim dilimni.
Ko`zim bo`la turib adashdim,
Ko`rlar topib berdi yo`limni.

Emakladim balchiq yo`llarda,
Oyoqlarim bor-ku..foydasiz.
Ne manfaat qo`rqoq qo`llardan
Qo`lingdan ham tutmadi, essiz..

Olloh, karami keng Olloh u,
"Qo`l o`rniga qanot ber Egam!".
Qanot berdi va lekin, yohu,
Ucholmadim qanot bilan ham.

Talpindim, siltadim ularni,
So`ng patlarim sochilib ketdi.
Ey, noshukr banda, qo`llarni
Bir tutam patga alishding,
Mana ular yechilib ketdi.

Men murdaga aylanib qoldim,
Ishonmasang tikilib qara.
Tiriklikni yo`qota oldim,
Lek qalbim saqlab qoldim, zo`r-a?!

Tiriklikni yo`qota oldim,
Sevgim asrab qololdim, zo`r-a?!

2012 

No comments:

Post a Comment