Monday, March 23, 2015

Yozuv

Muhabbatga to`la satrlar,
Baytlar, she`rlar, chala nasrlar,
Yodda qolgan ajib xotirlar - 
Sanam bilan yozilgan.

Ohi yolg`on, yolg`on o`zlari.

Hatto chindan emas hislari - 
Shoirlarning bitgan so`zlari
Qalam bilan yozilgan.

Men oshiqman, shoirmas, go`zal,

Mening dardim chin darddir azal.
Siyohmas, yozganim - bemahal
Alam bilan yozilgan.

2013

No comments:

Post a Comment