I
Bor edi shunday odatim:
Qayda suluv qiz uchratdim,
Ismlarin so`rab barin,
Qizga o`ch telba singari
Tuzar edim ro`yxatini.
"Topsam qulay fursatini
Birortasin surishtirib
Olaman, - deb, - xotin qilib".
Endi yurak jiz etmaydi,
Hayajonni his etmaydi,
Go`zallarni ko`rganimda.
Bittasiga o`rgandim-da..
O`zgardimmi? O`zgardimi!
O`zgarganim sezib qo`ydim.
Olib o`sha dil xatini -
Suluvlarning ro`yxatini,
Ismlarning barchasiga
Qalam bilan chizib qo`ydim.
II
So`ng maqsadlar kurtakladi,
"Buyuklik"ka yetakladi.
Xayol qildim: Tirishaman,
Barchasiga erishaman!
Lekin yolg`iz qiyin ekan,
Kurash - g`irrom o`yin ekan,
Silkitishdi, tortqilashdi,
O`say desam chopqilashdi.
Bildim - yordam, himmat kerak,
Bir yelkadosh ulfat kerak.
Do`stim, dedim, do`stim dedim,
Eplolmayman o`zim, dedim.
"Qo`lingni cho`z imkon bo`lsa!"
Eshitmadi biror kimsa.
Ulfatimdan, do`stlarimdan
Umidimni uzib qo`ydim.
So`ng to`satdan qoqildim-da,
Shunday yomon yiqildam-da -
Maqsadlarim sinib ketdi,
Barchasini buzib qo`ydim.
III
Maqsadsiz tan daydi ekan,
Umrning zo`r hayfi ekan.
Loy ko`chada, chang ko`chada,
Tor ko`chada, tang ko`chada
Kezaverdim, sudraklandim,
Sang`iyverdim har kechada.
Emakladim, ermaklandim,
Kaltakladim, kaltaklandim.
Zo`r dars bo`ldi har bir zarba
Yigitlikdan erkaklandim.
Ko`chalarda daydib-daydib,
Tushunishning kelib payti
O`zligimga intildim-da,
Turib oldim yana qaytib.
Do`stim, endi chalma faqat,
Birlashishga kelgan fursat.
Hasadingni yig`ishtir, bas,
Yurtdoshmiz-ku, dushman emas!
O`z sirimni senga aytay,
Eshitib, so`ng kulma atay:
Yetuklikka yetaklovchi
Maqsadlarni tuzib qo`ydim.
Kel, yo`limda hamrohim bo`l,
Kuchli bo`lsang panohim bo`l!
Yelkadoshlar qatoriga
Men seni ham yozib qo`ydim.
24.05.2015
Bor edi shunday odatim:
Qayda suluv qiz uchratdim,
Ismlarin so`rab barin,
Qizga o`ch telba singari
Tuzar edim ro`yxatini.
"Topsam qulay fursatini
Birortasin surishtirib
Olaman, - deb, - xotin qilib".
Endi yurak jiz etmaydi,
Hayajonni his etmaydi,
Go`zallarni ko`rganimda.
Bittasiga o`rgandim-da..
O`zgardimmi? O`zgardimi!
O`zgarganim sezib qo`ydim.
Olib o`sha dil xatini -
Suluvlarning ro`yxatini,
Ismlarning barchasiga
Qalam bilan chizib qo`ydim.
II
So`ng maqsadlar kurtakladi,
"Buyuklik"ka yetakladi.
Xayol qildim: Tirishaman,
Barchasiga erishaman!
Lekin yolg`iz qiyin ekan,
Kurash - g`irrom o`yin ekan,
Silkitishdi, tortqilashdi,
O`say desam chopqilashdi.
Bildim - yordam, himmat kerak,
Bir yelkadosh ulfat kerak.
Do`stim, dedim, do`stim dedim,
Eplolmayman o`zim, dedim.
"Qo`lingni cho`z imkon bo`lsa!"
Eshitmadi biror kimsa.
Ulfatimdan, do`stlarimdan
Umidimni uzib qo`ydim.
So`ng to`satdan qoqildim-da,
Shunday yomon yiqildam-da -
Maqsadlarim sinib ketdi,
Barchasini buzib qo`ydim.
III
Maqsadsiz tan daydi ekan,
Umrning zo`r hayfi ekan.
Loy ko`chada, chang ko`chada,
Tor ko`chada, tang ko`chada
Kezaverdim, sudraklandim,
Sang`iyverdim har kechada.
Emakladim, ermaklandim,
Kaltakladim, kaltaklandim.
Zo`r dars bo`ldi har bir zarba
Yigitlikdan erkaklandim.
Ko`chalarda daydib-daydib,
Tushunishning kelib payti
O`zligimga intildim-da,
Turib oldim yana qaytib.
Do`stim, endi chalma faqat,
Birlashishga kelgan fursat.
Hasadingni yig`ishtir, bas,
Yurtdoshmiz-ku, dushman emas!
O`z sirimni senga aytay,
Eshitib, so`ng kulma atay:
Yetuklikka yetaklovchi
Maqsadlarni tuzib qo`ydim.
Kel, yo`limda hamrohim bo`l,
Kuchli bo`lsang panohim bo`l!
Yelkadoshlar qatoriga
Men seni ham yozib qo`ydim.
24.05.2015
Мени ҳам ёзиб қўйишингиз мумкин,елкадошлар қаторида.
ReplyDeleteШеърга гап йўқ.
Mansur aka
DeleteYelkadoshlar qatoriga
Men sizni ham yozib qo'ydim. :)
Ишонч учун раҳмат..Мақсудбек :-)
ReplyDeleteYelkadoshlar qatoriga
ReplyDeleteMen seni ham yozib qo`ydim.
Men Atlantada turaman, kelsangiz albatta ayting mehmon qilaman, dildan suhbat qilamiz, Hudo hohlasa. Rahimjon
She'rlarizi qayta oqib chiqyabman aka. Birinchi oqiganimdek ta'sirli! Omadizi bersin. Mani ham yozib qoying. ))
ReplyDeleteAka nima uchun yangilaridan yozmay qo'ydingiz? Tinchmisiz ahvolingiz yaxshimi omonmisiz?
ReplyDelete