Ey,
Mening
nigohimga dosh berolmas qiz,
Ko’zlarin
yashirgan, yuzi qizargan.
Sening
hayajoning emasdir bejiz,
Mening
ko’ksimda ham nedir ko’kargan.
Ey,
Kunduz
so’zlarimni tinglamay, qochib,
Tunda
she’rlarim yod olguvchi jonon.
Sevgim
izhor aylay ko'nglimni ochib,
Lahzalik
suhbat chun hadya et imkon.
Ey,
Ro’baru
kelganda banddek, shoshgandek,
Ko’rmagandek
o’zni tutguvchi dilbar.
Yashirma! Sezilar - nashtar botgandek
Sening dilingni
ham tuyg’ular o’rtar.
Ey,
Ishq haqda
o’yni ham nomus deb bilgan,
Hayosi
xayoldan ustunroq sanam.
Rahm et qalbingga - sevgi in qurgan,
Axir, muhabbatga oshnosan sen ham...
...Ey,
Mendan-da
qo’rqoqroq, mendan-da ojiz,
Hislarin
oshkora etolmas xilqat.
Axir
hayajoning emasdir bejiz,
Ishqimni
rad etma, iltifot ko’rsat.
Ishqingni
rad etma, iltifot ko’rsat.