Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
Kuzning latofatin ko`rmaydi bahor,
Yoz ham bexabardir qishning holidan.
Sevmoq - mumkin emas! Sevilmoq dushvor..
Yaproq terib keldim ko`ngil bog`idan.
Ko`ksimni titratib chekayotir oh,
Kim u? - baqiraman, ko`rinmas hech kim.
Meni taqib qilar qaysi bir arvoh,
Meni she`r yozmoqqa undayotgan kim?!
Har bahor ortimdan taqib qilganlar
Kimsiz?.. Kimligini yurak bladi.
Kim u, - yurak jim, - yo shahid bo`lganlar?..
Bir kun qalbim meni telba qiladi.
Soyadek ergashar sanoqsiz ohlar,
Qandaydir sharpalar kular ustimdan.
Qalbning bir tomoni to`la arvohlar,
Bir yog`i yonmoqda ishqning husnidan.
Kuzning latofatin ko`rmaydi bahor,
Yoz ham bexabardir qishning holidan.
O`lmoq - hali erta, yashamoq - dushvor,
Zahar terib keldim ishq orolidan.
2011
Kuzning latofatin ko`rmaydi bahor,
Yoz ham bexabardir qishning holidan.
Sevmoq - mumkin emas! Sevilmoq dushvor..
Yaproq terib keldim ko`ngil bog`idan.
Ko`ksimni titratib chekayotir oh,
Kim u? - baqiraman, ko`rinmas hech kim.
Meni taqib qilar qaysi bir arvoh,
Meni she`r yozmoqqa undayotgan kim?!
Har bahor ortimdan taqib qilganlar
Kimsiz?.. Kimligini yurak bladi.
Kim u, - yurak jim, - yo shahid bo`lganlar?..
Bir kun qalbim meni telba qiladi.
Soyadek ergashar sanoqsiz ohlar,
Qandaydir sharpalar kular ustimdan.
Qalbning bir tomoni to`la arvohlar,
Bir yog`i yonmoqda ishqning husnidan.
Kuzning latofatin ko`rmaydi bahor,
Yoz ham bexabardir qishning holidan.
O`lmoq - hali erta, yashamoq - dushvor,
Zahar terib keldim ishq orolidan.
2011
No comments:
Post a Comment